Mualliflar uchun talablar
Maqolani rasmiylashtirish qoidalari. Talablarga javob bermagan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi.
Umumiy talablar
- Maqola o‘zbek, rus yoki ingliz tilida, avval chop etilmagan original ish bo‘lishi kerak.
- Hajmi — 4 sahifadan 12 sahifagacha (adabiyotlar ro‘yxati bilan).
- Fayl formati — Microsoft Word (.doc, .docx).
- Originallik darajasi kamida 70% bo‘lishi tavsiya etiladi.
Sahifani rasmiylashtirish
- Qog‘oz o‘lchami — A4, hoshiyalar: har tomondan 2 sm.
- Shrift — Times New Roman, 14 pt; qatorlar orasidagi interval — 1,5.
- Abzats — 1,25 sm; matn kenglik bo‘yicha tekislanadi.
- Jadval va rasmlar raqamlanadi va nomlanadi.
Maqola tuzilishi
- UDK indeksi.
- Maqola nomi (katta harflarda, qalin).
- Muallif(lar)ning F.I.Sh., ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi, e-mail va ORCID (bo‘lsa).
- Annotatsiya (150–250 so‘z) va kalit so‘zlar (5–8 ta) — uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
- Kirish, asosiy qism (metodlar, natijalar, muhokama), xulosa.
- Foydalanilgan adabiyotlar — GOST yoki APA uslubida, matnda kvadrat qavsda havola: [1], [2, 15-b.].
Ko‘rib chiqish tartibi
Maqolalar tahririyat tomonidan dastlabki tekshiruvdan va ekspert taqrizidan o‘tkaziladi. Talablarga javob bermagan maqolalar qayta ishlash uchun muallifga qaytariladi. Qabul qilingan maqolalar 3 ish kuni ichida saytga joylanadi.