Biz haqimizda
“Innovation Science and Research” ilm-ma’rifat markazi — ilmiy jurnal, konferensiyalar va ilm-fan fidoyilarini e’tirof etish tanlovlari tashkilotchisi.
“Innovation Science and Research” ilm-ma’rifat markazi 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro ilmiy jurnal nashr etadi, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazadi va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan insonlarni e’tirof etish maqsadida esdalik nishoni tanlovlarini tashkil qiladi.
Ilmiy jurnal
“Innovation Science and Research” hakamlikdan o‘tuvchi, ochiq kirishli ilmiy jurnal har oy injournal.uz sayti orqali elektron ko‘rinishda chiqariladi. Har bir maqola Google Scholar, Zenodo, OpenAIRE xalqaro bazalarida indekslanadi va unga DOI raqami beriladi.
Jurnalga qabul qilingan maqolalar 3 ish kuni ichida saytga joylanadi va muallifga maqola havolasi taqdim etiladi. Shu kunning o‘zida muallifga elektron sertifikat va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Maqsad va vazifalar
- Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalarini e’lon qilish;
- ilmiy hamkorlik va akademik muloqotni rivojlantirish;
- ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi fidoyi insonlar mehnatini e’tirof etish.
Esdalik nishonlari haqida
Markaz tomonidan topshiriladigan esdalik nishonlari tashkilotning o‘z esdalik belgisi hisoblanadi va davlat mukofoti hisoblanmaydi. Ular tanlov doirasida ilmiy maqolasi ilmiy kengash tomonidan ijobiy baholangan ishtirokchilarga beriladi.
Jurnal ilmiy yo‘nalishlari
- 01.00.00 Fizika-matematika fanlari
- 02.00.00 Kimyo fanlari
- 03.00.00 Biologiya fanlari
- 04.00.00 Geologiya-mineralogiya fanlari
- 05.00.00 Texnika fanlari
- 06.00.00 Qishloq xo‘jaligi fanlari
- 07.00.00 Tarix fanlari
- 08.00.00 Iqtisodiyot fanlari
- 09.00.00 Falsafa fanlari
- 10.00.00 Filologiya fanlari
- 11.00.00 Geografiya fanlari
- 13.00.00 Pedagogika fanlari
- 14.00.00 Tibbiyot fanlari
- 15.00.00 Farmatsevtika fanlari
- 16.00.00 Veterinariya fanlari
- 17.00.00 San’atshunoslik fanlari
- 18.00.00 Arxitektura fanlari
- 19.00.00 Psixologiya fanlari
- 22.00.00 Sotsiologiya fanlari
Biz bilan bog‘laning!
Savollaringiz bo‘lsa, Telegram yoki telefon orqali murojaat qiling.